Ilmiy-metodik markaz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi «O‘zbekistonsportchilarini 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘libo‘tadigan XXXIIyozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi o‘rtasida qator qo‘shma loyihalar imzolangan bo‘lib, ular asosida MOQ qoshida ilmiy-metodik markaz ham tashkil qilingan. Ushbu markaz tarkibiga ilgari sport bilan shug‘ullangan sobiq atletlar va turli sohadagi olimlar jalb etilgan. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda MOQ o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan ushbu ilmiy markaz xodimlari uchun quyidagi vazifalar yuklatilgan:

  • Respublika va xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini ilmiy-pedogogik jihatdan ta’minlash;
  • O‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish bo‘yicha namunaviy reja tuzish;
  • Sport turlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini haftada 2 marotaba tahlil etish;
  • O‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining tahlili natijasida hisobot va takliflarni tayyorlash;
  • O‘quv-mashg‘ulot jarayonida ilg‘or va innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha takliflar kiritish;
  • Milliy terma jamoalarni ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash maqsadida sport yo‘nalishidagi ilmiy asbob-uskunalar ( shu jumladan, mobil laboratoriya) bilan ta’minlash rejasini ishlab chiqish;
  • Milliy terma jamoalarni ilmiy-metodik jihatdan ta’minlan bo‘yicha ish rejasini tuzish;
  • Sport bazalaridagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini muntazam tahlil qilib borish;
  • Milliy terma jamoalarning bosh va katta trenerlarni kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishni tashkil etish choralarini ko‘rish;
  • Milliy terma jamoalarni sport yo‘nalishidagi ilmiy-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash.

Professor

Kerimov Fikrat Azizovich

Sport kurashlari, kamondan otish

Text to speech