Mazkur Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasining eng yosh chempioni boʻlib turgan Sharifa Davronovaga oltin medalni keltirgan sakrashi va taqdirlash marosimi eʼtiborimiz markazida
Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga 3 ta bronza medalini keltirgan kurashchilarimiz shohsupada
Osiyo oʻyinlari chempioni Jalgasbay Berdimuratovning final bahsi va taqdirlash marosimidan yorqin suratlar
Olga Zabelinskayaga oltin medal keltirgan poyga va taqdirlash marosimidan suratlar
Obyektivimiz nigohida kanoeda eshkak eshish boʻyicha oltin medal sohiblari Shohmurod Xolmurodov hamda Nurislom Toʻxtasin oʻgʻli
Safina Sadullayevaning oltin medali bilan o’zbek yengil atletikasi ayollar o’rtasida balandlikka sakrash dasturida qit’amizda tengiz ekani qatorasiga to’rtinchi bor isbotlandi. Chempion Safina Sadullayeva hamda kumush medal sohibi Svetlana Radzivilning ishtiroki hamda taqdirlash marosimidan yorqin suratlar:
Umid Esanovning final bahsi va taqdirlash marosimidan fotogalereya
Final starti garchi omadsiz boshlangan bo’lsa ham qizlarimiz o’zlarida iroda topib, ajoyib kambek bilan oltin medallarni tortib olishdi. His-hayajonlarga boy bo’lgan finaldan yorqin kadrlar:
Bugun Oʻzbekiston delegatsiyasiga bronza medalini keltirgan Svetlana Osipova taqdirlash marosimida
Kun qahramonlari Ulugʻbek Rashitov (-68 kg) va Feruza Sodiqova (-67 kg) shohsupada
Oʻq otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a'zolari Bangkok-1998 Osiyo oʻyinlaridan 25 yil oʻtib yana shohsupaga koʻtarilishdi. Bugun Javohir Sohibov hamda Muxtasar Tohirova uzoq kutilgan medalni qabul qilib olishdi.
Akademik eshkak eshuvchilarimiz Osiyo oʻyinlaridagi ishtiroklarini yakunlashdi. Sportchilarimiz musobaqa davomida 2 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritib, mazkur dasturda Xitoydan soʻng ikkinchi oʻrinni egallashdi. Bugun M4- va M4x dasturlarida shohsupaga koʻtarilgan yigitlarimizning chiqishi va taqdirlash marosimidan suratlarni tomosha qiling: