Shahram Ahadov va Obidxon No’monov biz uchun bugungi kun qahramonlariga aylanishdi. -73 kg vazn toifasida qatnashgan har ikki dzyudochimiz g’alabaga bo’lgan ishtiyoqlarini munosib tarzda namoyish etishdi. Afsuski, bronza medali uchun bahsda jarohat olgan Obidxon No’monov taqdirlash marosimida ishtirok eta olmadi. No’monovning tezroq sog’ayib, yanada kuchli bo’lib qaytishini tilab qolamiz. G’olib va sovrindorlarga medallarni Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov topshirdi.
Doston Ro’ziyev bugun faoliyatida muhim g’alabaga erishdi. Boisi, hamyurtimiz ilk bor IJF tasnifidagi musobaqalarning finalida ishtirok etibgina qolmay, oltin medalni ham qo’lga kiritdi. Dzyudochimiz parterdagi ajoyib harakatlari bilan raqiblaridan bir bosh ustun ekanini ko’rsatdi. Bu oltin medal Ro’ziyevga jahon va Parij-2024 reytingi uchun 1000 ochko taqdim qildi. Dzyudochimiz oltin medalni Sport vaziri Adham Ikramovdan qabul qilib oldi. Chempionlik bahsi va taqdirlash marosimidan yorqin suratlarni ulashamiz:
Gulhayo Joʻrayeva bugungi ishtiroki bilan -52 kg vazn toifasida Keldiyorova va Qadamboyevaga munosib raqobatchi boʻlib yetishib chiqayotganini koʻrsatdi. Jahon reytingida 59-pog’onada kelayotgan Jo’rayeva yarim finalda 6-o’rinda turgan Olimpiya o’yinlari va jahon chempionati sovrindori, buyuk britaniyalik Chelsi Jaylsdan ustun keldi. Garchi u hal qiluvchi bahsda Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining finalchisi, dunyo birinchiligining ko’p karra sovrindori, jahon reytingida 3-o’rinda turgan fransiyalik Amandin Busharga imkoniyatni boy bergan boʻlsa ham muxlis va mutaxassislar oʻzlari uchun yangi iste’dodni kashf etishdi. Dzyudochimizni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov taqdirladi.
Og’ir atletikachilarimiz Osiyo chempionatini yuqori notada yakunlashdi. Nurudinov hamon og’ir vazn toifasida qit’amizda tengsiz ekanini ko’rsatgan bo’lsa, Sharofiddin Amriddinovning dast ko'tarishda olgan oltin medali unga munosib avlod yetishib chiqayotganidan dalolat beradi. Eng og’ir vazn toifasida qatnashgan Rustam Jangabayev ham bugun shohsupaga ko’tarilib, terma jamoa uchun yana bir qimmatli medal taqdim etdi. Polvonlarimizning ishtiroki va taqdirlash marosimidan suratlarni ulashamiz
Kun qahramoni, mutlaq Osiyo chempioni Akbar Jo’rayevning chiqishi va taqdirlash marosimidan yorqin suratlar
Sunnatilla O’sarov va Rigina Adashbayeva ogʻir atletikachilarimiz uchun bugungi kunni yuqori notada yakunlab berishdi. Hamyurtlarimizning Osiyo chempionatidagi ishtiroki va taqdirlash marosimidan yorqin suratlar
Kelasi oy Avstraliyaga qarshi muhim oʻyinlarga tayyorgarlik koʻrayotgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasining mashgʻuloti MOQ obyektivi nigohida
Kanvon-2024 IV qishki oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarinnig tantanali ochilish marosimidan yorqin suratlar
Poytaxtimizdagi "Renaissance hall" saroyida “Milliy sport mukofoti-2023” — sport bo‘yicha yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda turli nominatsiyalar bo‘yicha yil laureatlari aniqlandi.
Futbolchilarimiz yuksak iroda namoyish etgan o’yindan yorqin galereya
Jahon boksi afsonalari Mayk Tayson va Evander Xolifild mehmon boʻlgan, oʻzbek bokschilari uchun yangi tramplin vazifasini o’tab bergan WBC&Lift professional boks oqshomidan yorqin galereya. Yanada koʻproq suratlar uchun havola:
“Humo arena”da o’tadigan jang oldidan bokschilar vazn o’lchash va face-to-face marosimlarida ishtirok etishdi. Ertaga bizni shiddatli bahslar kutmoqda. Barcha kerakli vazn me’yorini bajardi. Bo’lajak janglarda yurtdoshlarimizga omad tilaymiz!