FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
17 Dekabr 2025 1029

Qonunchilik palatasida “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi oʻtkazildi. Unda “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Mazkur tadbirda Sport vaziri Adham Ikramov va MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov qatnashib, sohadagi dolzarb masalalarni bartaraf etishga qaratilgan choralarni belgilashda ishtirok etishdi. Mazkur qonun loyihasi bilan aholini sportga jalb qilish va ommaviy sport tadbirlarini tizimli oʻtkazib borish, sport turlarini eʼtirof etish va ularning reyestrini yuritish tartibini takomillashtirish, sport musobaqalari natijalariga qonunga xilof ravishda taʼsir koʻrsatish va korrupsiyaning oldini olish hamda ularga qarshi kurashish choralari belgilanmoqda. Shuningdek, unda Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalarining huquqiy maqomi va vakolatlari, Paralimpiya, Surdlimpiya, Maxsus Olimpiya, Koʻzi ojizlar sporti harakati, antidopingga doir masalalar qonun darajasida belgilab qoʻyilmoqda. Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.

Text to speech