27 Mart 2026
68
Oʻzbekiston davlat sport akademiyasida ochiq eshiklar kuni boʻlib oʻtdi
Bugun Oʻzbekiston davlat sport akademiyasida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Mazkur tadbirda mehmonlarga davlatimiz tomonidan yurtimizda sportni rivojlantirish yoʻlida nafaqat federatsiya va terma jamoalar faoliyati, balki ilm-fan yoʻnalishi boʻyicha ham ish olib borilayotgani koʻrsatib berildi. Unda ishtirok etgan rasmiylar mazkur dargohda nafaqat sportchilar, balki malakali murabbiylar va sohadagi boshqa mutaxassislar ham tayyorlanishini alohida taʼkidlab, uning oʻzbek sportidagi oʻrni haqida toʻxtalib oʻtishdi. Tadbir yakunida Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari, Sport akademiyasi rahbariyatining yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.