24 Yanvar 2026 262

Toshkentda World Aquatics Ijroiya qoʻmitasining Byuro yigʻilishi oʻz ishini yakunladi

Poytaxtimizda Butunjahon suzish federatsiyasi (World Aquatics) Ijroiya qoʻmitasining Byuro yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Mamlakatimizda ilk bor tashkil etilgan ushbu tadbirda World Aquatics prezidenti Husayn al-Musallam boshchiligidagi xalqaro tashkilot rahbariyati, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Ijtimoiy himoya Milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari, World Aquatics Ijroiya qoʻmitasi Byurosining aʼzosi Shahnoza Mirziyoyeva ishtirok etishdi.

Yigʻilishda Shahnoza Shavkatovna davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan sport rivoji yoʻlida olib borilayotgan islohotlar, oktyabr oyida Toshkentda oʻtadigan suzish boʻyicha Jahon kubogi bosqichiga tayyorgarlik haqida batafsil maʼlumot berdi.

Shuningdek, Adham Ilhamovich yurtimizda mavjud infratuzilma borasida taqdimot qildi.

Tadbir davomida 2026-yil uchun qoʻyilgan reja va maqsadlar, vazifalar atroflicha koʻrib chiqildi.

Text to speech