FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
13 Dekabr 2025 1568

Avtosport olamining eng kuchlilari Toshkentda taqdirlanishdi

Toshkentda Xalqaro avtomobil federatsiyasining (FIA) yil yakunlariga bagʻishlangan tarixiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu nufuzli marosim Markaziy Osiyoda birinchi marta tashkil etilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston yirik xalqaro sport tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazib kelayotgani tufayli sport olamida mamlakatimizning o‘rni sezilarli darajada mustahkamlanmoqda. FIA marosimining Toshkentda o‘tkazilishi ham aynan shu ishonch va obro‘ning yana bir tasdig‘i bo‘ldi.

Bu yilgi taqdirlash marosimi o‘ziga xos tashkil etilib, 7 ta yo‘nalish bo‘yicha chempionlik mashinalarining asl nusxalari Toshkentga olib kelindi. Marosim davomida turli yo‘nalishlarda yuqori natijalar qayd etgan poygachilar va jamoalar tantanali ravishda taqdirlanishdi.

Text to speech