26 Aprel 2026
227
Samarqandda triatlon boʻyicha jahon seriyasi yakunlandi
Samarqand mezbonlik qilgan triatlon boʻyicha jahon seriyasiga kiruvchi musobaqa gʻoliblari aniqlandi. Ayollar bahslarida britaniyalik ikki karra Olimpiada sovrindori, jahon chempioni Bet Potter, erkaklar oʻrtasidagi bellashuvlarda esa portugaliyalik jahon chempionati sovrindori Vashku Vilasa gʻalaba qozondi.
Erkaklar:
🥇 Vashku Vilasa (Portugaliya)
🥈 Genri Graf (Germaniya)
🥉 Sharls Pake (Kanada)
Ayollar:
🥇 Bet Potter (Buyuk Britaniya)
🥈 Leoni Perio (Fransiya)
🥉 Janna Lexer (Lyuksemburg)