25 Aprel 2026 159

Samarqandda triatlon boʻyicha 2 nufuzli musobaqa start oldi

Samarqandda triatlon boʻyicha jahon seriyasiga kiruvchi bosqichlardan biri va para triatlon boʻyicha Jahon kubogi bosqichi oʻtkazilmoqda. Musobaqalarning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi raisi, mamlakat triatlon federatsiyasi rahbari Viktor Mahmudov, shuningdek, Samarqand viloyati hokimligi, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari rahbariyati qatnashib, ishtirokchilarga omad tilashdi.

Musobaqada 28 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyurgan eng kuchli sportchilar kuch sinashmoqda. Bellashuvlar Olimpiya dasturida: 1,5 km masofaga suzish, 40 kmga velopoyga va 10 kmga yugurish boʻyicha tashkil qilingan.

Shuningdek, imkoniyati cheklangan, nogironlik aravachasidagi atletlar, ko'rish qobiliyatida nuqsoni bor atletlar o'z gidlari bilan 750 metrga suzish, 19 kmga velopoyga va 5 kmga yugurish dasturlarida bahslashishadi.

Text to speech