26 Mart 2026
88
RSTIAMda yangi boʻlimlar ishga tushirildi
MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida (RSTIAM) zamonaviy Xirurgiya va reabilitologiya boʻlimlari tashkil etildi.
Bugun Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari rahbariyati markazga tashrif buyurib, yangi ochilgan boʻlimlar faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar hamda sportchilar uchun taqdim etilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.