16 Fevral 2026 162

Kuvaytda OOK Ijroiya qoʻmitasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kuvaytda Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Ijroiya qoʻmitasining 108-yigʻilishi tashkil etildi. Unda mamlakatimiz nomidan OOK vitse-prezidenti, Oʻzbekiston MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov ishtirok etdi.

OOKning yangi Prezidenti Shayx Javʼan Ol Soniy raisligida oʻtgan dastlabki rasmiy yigʻilishda tashkilot shtab-kvartirasi faoliyati va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish, kelgusi kompleks musobaqalarga tayyorgarlik jarayoni, boshqa mintaqalar bilan hamkorlikni kengaytirish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir doirasida rasmiylar Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mishʼal as-Saboh hamda Valiahd Shayx Saboh as-Saboh bilan uchrashib, oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashdi.

Text to speech