28 Aprel 2026
89
Qashqadaryo viloyatida zamonaviy suv sporti saroyining ochilish marosimi oʻtkaziladi
Bugun Qarshi shahrida barcha qulayliklarga ega yangi suv sporti saroyining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. Sport vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari, Kasaba uyushmalari hamda “Uzbekistan Aquatics” federatsiyalari rahbariyati mazkur marosimda ishtirok etish uchun Qashqadaryo viloyatiga yetib keldi.