24 Mart 2026 38

Chirchiqda ogʻir atletika boʻyicha Respublika birinchiligi va xalqaro turnir boshlandi

Bugun Chirchiq shahrida ogʻir atletika boʻyicha kattalar va yoshlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati, shuningdek, “Uzbekistan Open” xalqaro turniri start oldi. Mazkur musobaqalarda 300 nafardan ortiq sportchi gʻoliblik uchun bahs olib bormoqda.

Respublika birinchiligi Bahrom Mendiboyev boshchiligidagi murabbiylar shtabi uchun may oyida oʻtadigan qitʼa birinchiligi, shuningdek, yil davomida kutib turgan boshqa yirik musobaqalar uchun asosiy terma jamoaga nomzod sportchilarni koʻzdan kechirish imkoniyatini taqdim etadi.

Xalqaro musobaqada esa hamyurtlarimizdan tashqari Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyadan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etmoqda. Bellashuvlar 31-martga qadar davom etadi.

Text to speech