FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
23 Dekabr 2025 1081

“Uzbekistan Judo Tour” musobaqasining soʻnggi bosqichi boʻlib oʻtdi

Bugun poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da dzyudo boʻyicha “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasining joriy yil hisobidan soʻnggi bosqich bellashuvlari oʻtkazildi. Iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan mazkur bosqich bahslarida sportchilar 4 vazn toifasida kurash olib bordilar.

Sovrin jamgʻarmasi 200 million soʻmni tashkil qilgan musobaqaning final bellashuvlarini Sport vazirligi, MOQ, Toshkent shahar hokimligi va mamlakat dzyudo federatsiyasi rahbariyati kuzatib bordi. Rasmiylar turnir yakunida taqdirlash marosimida ham qatnashib, gʻolib va sovrindorlarga kelgusi musobaqalarda ham omad tilashdi.

Shuningdek, tadbir davomida sport sohasi rivojiga qoʻshgan hissasi hamda “Prezident Olimpiadasi” musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazishda qoʻshgan hissasi uchun Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqovga “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni topshirildi.

Text to speech