30 Aprel 2026
56
“Tour of Bostonliq” musobaqasida “7 Saber Uzbekistan Women Cycling Team” aʼzosi gʻalaba qozondi
Toshkentda veloshosse boʻyicha “Tour of Bostonliq” poygalari yakunlandi. Ikkinchi kun oʻtkazilgan bellashuvlarda erkaklar 162.8 km, ayollar 113 km masofada bellashishdi.
Dastlabki bosqichda katta tafovut bilan gʻalaba qozongan “7 Saber Uzbekistan Women Cycling Team” aʼzosi Shahnoza Abdullayeva yakunda musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritdi. Ikkinchi bosqichda kuchli uchlikdan joy olmagan boʻlsa ham, peloton bilan finish chizigʻini bosib oʻtgani uning ayollar oʻrtasidagi poygalarni gʻalaba qozonishini taʼminladi.
Oʻzbekiston terma jamoasining yetakchisiga aylangan Sergey Rostovsev shiddatli kechgan 2-bosqichda ikkinchi natijani qayd etdi. Afsuski, bu unga umumiy klassifikatsiyada sovrindorlar qatoridan joy olish uchun kamlik qildi.