13 Dekabr 2025 48

FIA bilan hamkorlik yangi darajaga koʻtariladi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi rasmiylar delegatsiyasi Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) Prezidenti Muhammad Ben Sulayem bilan uchrashuv oʻtkazildi. Unda ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar O‘zbekistonda avtosport infratuzilmasini rivojlantirish, xalqaro tadbirlarni oʻtkazish va sportchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish borasidagi istiqbolli tashabbuslarni ko‘rib chiqdi.

Uchrashuv davomida mamlakatda yirik sport loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani alohida taʼkidlanib, FIA bilan hamkorlik yurtimizda avtomobil sportining yangi yo‘nalishlarini joriy etish hamda mintaqada yetakchi markazga aylanish sari muhim qadam ekani qayd etildi. Tomonlar kelgusida qo‘shma loyihalar, malaka oshirish dasturlari va xalqaro turnirlarni tashkil etish bo‘yicha rejalarni belgilab oldi.

Text to speech