31 Mart 2026
83
Taekvondochi qizlarimiz “Turkish Open”da 3 ta medalni qoʻlga kiritishdi
Turkiyaning Antalya shahrida taekvondo WT boʻyicha “Turkish Open” xalqaro musobaqasi davom etmoqda. Ortda qolgan kun ayollar oʻrtasida kechgan bellashuvlarda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 3 ta medalga sazovor boʻlishdi.
🥇 Oltin medal:
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
🥈 Kumush medal:
-62 kg: Sevinch Hayitova
🥉 Bronza medal:
+73 kg: Svetlana Osipova
Dasturga koʻra, bugun erkaklar oʻrtasidagi bahslar tashkil etiladi.