FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
19 Yanvar 2026 914

OOK 46-Bosh Assambleyasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 26-yanvar kuni Toshkent shahri Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) 46-Bosh Assambleyasiga mezbonlik qiladi. Ayni paytda mazkur nufuzli tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida keng koʻlamli tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bugun Sport vazirligida ushbu jarayonlarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sport boʻyicha vakili Odil Abduraxmanov, shuningdek, Sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Osiyo qitʼasidagi 45 mamlakat Milliy Olimpiya qoʻmitalari vakillari, shuningdek, xalqaro tashkilotlardan tashrif buyuradigan nufuzli mehmonlarni munosib kutib olish, transport-logistika hamda viza masalalarini yana bir bor koʻrib chiqish, tadbir kun tartibini OOK vakillari bilan muvofiqlashtirish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Text to speech