13 Aprel 2026 248

Taekvondo WT boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Yodda qolarli badiiy chiqishlarga boy boʻlgan tadbirda Butunjahon taekvondo federatsiyasi (World taekwondo), Birlashgan kurash dunyosi (UWW) va yurtimiz rasmiylari ishtirok etishdi.

Xususan, unda soʻz olgan Oʻzbekiston MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov ushbu musobaqa Olimpiya shaharchasida tashkil etilgan dastlabki jahon chempionati sifatida tarixda qolishini, yurtimizda taekvondo yildan yilga yoshlarning sevimli sport turlaridan biriga aylanib borayotgani haqida toʻxtalib oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, bu yilgi dunyo birinchiligida 115 ta mamlakatdan 1000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda. Tantanali marosimdan soʻng birinchi kunning final blokidan oʻrin olgan bellashuvlarga navbat berildi.

Unda +78 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Alisher Pak chempionlik bahsida ishtirok etdi. Biroq u Janubiy Koreya vakiliga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan taqdirlandi.

Text to speech