19 Mart 2026
47
Sport faxriylariga ehtirom koʻrsatildi
Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston sport tashkilotlari faxriylari Kengashi hamda homiylar tomonidan Navroʻz umumxalq bayrami va Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan mamlakatimiz sporti rivojiga munosib hissa qo‘shgan sport faxriylariga ehtirom koʻrsatildi. Bayram munosabati bilan sport faxriylari ishtirokida doshqozonda sumalak tashkil etilib, ular esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.