FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
18 Yanvar 2026 1473

Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan “Men gʻolib Run” yugurish musobaqasi oʻtkazildi

Bugun Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida vatanparvarlik ruhidagi “Men G‘olib Run” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Yugurish musobaqasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va harbiy soha tuzilmalari o‘rtasida tashkil etildi.

Ochilish marosimida sport va mudofaa sohasi rahbarlari, harbiy xizmatchilar, kursantlar hamda havaskor sportchilar ishtirok etdi. Musobaqa xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va Vatanga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlashga qaratildi.

3 va 10 km masofalarda o‘tgan bellshuvlar World Athletics qoidalari asosida tashkil etilib, g‘olib va sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech