3 Aprel 2026 89

“Yengilmas. Tokioga yoʻl” nomli badiiy film premyerasi boʻlib oʻtdi

Bugun Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida boks boʻyicha ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolovning hayot yoʻli, sportdagi, xususan, Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi gʻalabasiga bagʻishlangan badiiy film premyerasi oʻtkazildi. “Yengilmas. Tokioga yoʻl” nomli ushbu kinoasar taqdimotida sport va kino olami vakillari, muxlislar jam boʻlishdi.

Text to speech