Sohibjamol Esbosinova Osiyo chempionatining bronza medaliga sazovor boʻldi
Qirgʻiz Respublikasida sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionatining yana bir kuni ortda qoldi. Unda terma jamoamiz hisobiga 1 ta bronza medali yozildi.
Mazkur medalni -53 kg vazn toifasida kurashgan Sohibjamol Esbosinova keltirdi. Hamyurtimiz uchinchi oʻrin uchun bahsda janubiy koreyalik raqibasini magʻlubiyatga uchratdi.
Bugun kun davomida oʻtkaziladigan erkin kurash bahslarida qator sportchilarimiz gilamga chiqishadi.
Final:
-65 kg: Umidjon Jalolov — Sujit (Hindiston)
Bronza medali uchun:
-70 kg: Shahzodbek Yarashev — Sina Halili (Eron)
-79 kg: Razambek Jamalov — Daulet Yergesh (Qozogʻiston) / Suldxu Olonbayar (Moʻgʻuliston)
-97 kg: Sherzod Poyonov — Viki (Hindiston)
Saralash bahslari:
-61 kg: Gʻulomjon Abdullayev — Vanhao Zou (Xitoy)
-74 kg: Begijon Qoʻldoshev — Batukingele (Xitoy)
-86 kg: Bobur Islomov — Mukul Dahiya (Hindiston)
-92 kg: Sadriddin Daminjonov — Bat Byabbasuren (Moʻgʻuliston)
-125 kg: Hasanboy Rahimov — Taiki Yamamoto (Yaponiya) / Dinesh (Hindiston)