Bugun Tbilisi “Katta dubulgʻa” turniri boshlanadi
Bugun Gruziya poytaxtida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri start oladi. Dunyoning 54 mamlakatidan 400 nafardan ortiq sportchini jamlagan mazkur turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishitirok etishadi. Bellashuvlarda quyidagi atletlarimiz medallar uchun kurash olib borishadi:
Erkaklar:
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov
-66 kg: Abdurahim Nutfulloyev
-66 kg: Azizbek Ortiqov
-73 kg: Bobur Yangiboyev
-73 kg: Nizomiddin Toshpo‘latov
-90 kg: Umar Bozorov
-90 kg: Nurbek Murtazoyev
-100 kg: Amirsaid Jeyliyev
+100 kg: O‘tkirbek To‘raboyev
Ayollar:
-48 kg: Ulbusin Hakimova
-52 kg: Sita Qadamboyeva
-57 kg: Rayhona Mamatova
-63 kg: Marjona Nurulloyeva
-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva
Dasturga koʻra, bugun erkaklar -60 kg va -66 kg, ayollar esa -48 kg, -52 kg va -57 kg vazn toifalarida gʻoliblik uchun tatamiga chiqishadi.