28 Aprel 2026 55

Bugun stol tennischilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlashadi

Bugun Angliya poytaxti London shahrida stol tennisi boʻyicha jamoaviy yoʻnalishdagi jahon chempionati start oladi. 10-mayga qadar davom etadigan musobaqada Oʻzbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari ishtirok etadi. Terma jamoalarimiz tarkibi, ular joy olgan guruh va oʻyinlar taqvimi quyidagicha:

Erkaklar: Shohruh Iskandarov, Sarvarbek Gʻulomov, Diyorbek Dilshodov, Jamshid Rahimberganov.

4-guruh: Braziliya, Vengriya, Puerto-Riko, Oʻzbekiston.
1-tur: Oʻzbekiston – Vengriya (28-aprel)
2-tur: Oʻzbekiston – Peurto-Riko (29-aprel)
3-tur: Oʻzbekiston – Braziliya (30-aprel)

Ayollar: Arujan Kamalova, Asel Erkebayeva, Adelina Hasanova.

11-guruh: Avstraliya, Nigeriya, Uels, Oʻzbekiston.
1-tur: Oʻzbekiston – Avstraliya (28-aprel)
2-tur: Oʻzbekiston – Uels (29-aprel)
3-tur: Oʻzbekiston – Nigeriya (1-may)

Text to speech