FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
26 Aprel 2026 138

O‘zbekistonda ot sporti yo‘nalishidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi

Yevroosiyo ot sporti assotsiatsiyasi prezidenti, Rossiya ot sporti federatsiyasi rahbari Marina Sechina boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston tomonidan Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, Qoʻmita Bosh kotibi Oybek Kasimov, shuningdek, mamlakat yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev ishtirok etishdi.

Ayni paytda Toshkentda konkur boʻyicha nufuzli musobaqalar oʻtkazilmoqda. Muzokaralarda tomonlar ot sporti yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish va tajriba almashish mavzularini muhokama qildilar. Shuningdek, konkur bo‘yicha Jahon kubogi saralash bosqichi hamda Yevroosiyo ligasi musobaqalarini tashkil etish jarayoni yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash, xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish va mintaqada ot sportini rivojlantirish borasidagi izchil ishlarni davom ettirish borasida soʻz yuritildi.

Text to speech