15 Mart 2026
64
Bekzod Abdurahmonovni tabriklaymiz!
Bugun oʻzbek erkin kurashining yorqin vakillaridan biri, Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlarining bronza medali sohibi, jahon chempionatlarining ikki karra sovrindori, ikki karra yozgi Osiyo oʻyinlari chempioni, “Shuhrat” medali va “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni sohibi Bekzod Abdurahmonov tugʻilgan kunini nishonlamoqda.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi sportchimizni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaydi.