10 Aprel 2026 150

Taekvondo WT boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga bagʻishlangan fleshmob oʻtkazildi

Poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida taekvondo boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati hamda ushbu sport targʻibotiga bagʻishlangan fleshmob oʻtkazildi. Unda yurtimizning koʻplab hududlarida taekvondo bilan shugʻullanayotgan yoshlar, koʻrgazmali chiqishlari bilan mashhur boʻlgan janubiy koreyalik sportchilar ishtirok etib, qatnashchilarda unutilmas taassurot qoldirishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar taekvondoning chiroyi va jozibasini namoyon etuvchi turli texnika va kombinatsiyalarni ijro etib, oʻz mahoratini koʻrsatishdi. Yorqin chiqishlar sport muxlislarda katta qiziqish uygʻotib, musobaqa oldidan yuqori kayfiyat bagʻishladi.

Fleshmob doirasida 2025-yil faoliyati bilan ajralib turgan hududiy boʻlimlar taqdirlandi. Rasmiylar tadbirda qatnashgan yosh sportchilarga esdalik sovgʻalarini ulashdi.

Text to speech