Osiyo aralash jang sanʼati assotsiatsiyasi rahbariyati bilan hamkorlik aloqalarini yaxshilash boʻyicha uchrashuv oʻtkazildi
Poytaxtimizdagi muhtasham “Olimpiya shaharchasi” aralash jang sanʼati (MMA) boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati hamda Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlariga saralash musobaqasi tashkil etilmoqda. Bugun mazkur turnirlar doirasida Oʻzbekiston tomoni Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, Osiyo aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi Prezidenti Gordon Tang bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbatda janob Tang musobaqa yuqori saviyada tashkil etilganini alohida taʼkidlab, yoshlar oʻrtasidagi bahslarda 6 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamgʻargan hamyurtlarimizni umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgani bilan qutladi.
Uchrashuv davomida tomonlar oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va istiqboldagi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.