22 May 2026
101
Otajonov va Qosimhojiyev Osiyo chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritishdi
Moʻgʻuliston poytaxtida taekvondo WT boʻyicha Osiyo chempionatining ikkinchi kun bellashuvlari yakuniga yetdi. Bugungi bahslarda sportchilarimiz 2 ta bronza medaliga sazovor boʻlishdi.
Murosasiz janglarda Omonjon Otajonov -58 kg, Najmiddin Qosimhojiyev esa -74 kg vazn toifasida shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarildilar.