22 May 2026 138

Jahon chellenj kubogining ilk kunida 7 nafar sportchimiz finalga yoʻl oldi

Toshkentda sport gimnastikasi boʻyicha Jahon chellenj kubogi oʻtkazilmoqda. 19 mamlakat sportchilari ishtirok etayotgan musobaqaning ortda qolgan kunida ochilish marosimi va dastlabki saralash bahslari tashkil etildi. Unda quyidagi atletlarimiz final yoʻllanmalariga ega chiqishdi:

Ayollar, tayanib sakrash: Oksana Chusovitina, Shaxribonu Yusupova
Baland-past toʻsindagi mashq: Dildora Aripova

Erkaklar, erkin mashq: Humoyun Islomov
Sport otidagi mashq: Mansur Rahmatov
Xalqa: Axrorxon Temirxonov, Ozotilla Abdurasulov

Text to speech