3 May 2026
160
Toshkentda boks boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati boshlandi
Poytaxtimizda boks boʻyicha U15 va U17 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati start oldi. Unda qit’amizning 21 mamlakatidan 500 nafardan ziyod sportchi gʻoliblik uchun jang qiladi.
Bellashuvlar “Olimpiya shaharchasi”da tashkil etilmoqda. Bugun musobaqaning tantanali ochilish marosimi oʻtkaziladi.