19 May 2026
181
Velotrekchilarimiz Ostonadagi turnirning ikkinchi bosqichida 3 ta medalga sazovor boʻlishdi
Qozogʻiston poytaxtida velotrek boʻyicha “Silk Way Series Astana 2026” turnirining ikkinchi bosqichi oʻtkazildi. 10 ta davlatdan tashrif buyurgan poygachilar ishtirokidagi bellashuvlarda sportchilarimiz 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.
🥈 Kumush medal:
Samira Ismoilova / Asal Rizayeva (medison)
Sergey Rostovsev (omnium)
🥉 Bronza medal:
Nafosat Koziyeva (omnium)