19 May 2026
50
Hamyurtlarimiz yelkanli sport boʻyicha Markaziy Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli qatnashishmoqda
Yelkanli sport boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari shu kunlarda Qirgʻiz Respublikasida tashkil etilayotgan Markaziy Osiyo chempionatida ishtirok etishi haqida maʼlum qilgan edik.
Ayni paytga kelib, turnirda Optimist, ILCA va FAREAST-23 yoʻnalishlari boʻyicha saralash bahslari oʻtkazilmoqda. Quvonarlisi, unda oʻzbekistonlik sportchilar ham yuqori natijalar koʻrsatishyapti. Qayd etish joiz, ILCA Olimpiya oʻyinlari dasturiga kirgan yoʻnalish hisoblanadi.
Dasturga koʻra, 20-21-may kunlari musobaqaning hal qiluvchi bosqichi doirasidan oʻrin olgan bellashuvlar boʻlib oʻtadi.