19 May 2026 53

Tennischilarimiz “Rolan Garros” turnirida qatnashishadi

24-may – 7-iyun kunlari tennis olamidagi eng nufuzli startlardan biri – “Rolan Garros” turniri boʻlib oʻtadi. Ayni paytda ushbu musobaqaning saralash bahslari oʻtkazilmoqda.

Mamlakat tennis federatsiyasining maʼlum qilishicha, unda oʻzbekistonlik raketka ustalari ham ishtirok etishadi. Jahon tasnif jadvalida 89-pogʻonani egallab turgan Kamila Rahimova turnirning asosiy davrasiga toʻgʻridan toʻgʻri yoʻl olgan. Mariya Timofeyeva (119) hamda Polina Kudermetova (125) esa ishtiroklarini saralash bosqichidan boshlashadi. Bugun tennischilarimiz kvalifikatsiyaning ilk davrasida quyidagi raqiblariga qarshi kortga chiqishadi:

Mariya Timofeyeva – Breys Kedens (Kanada, 202)
Polina Kudermetova – Anouk Kovermans (Niderlandiya, 158)

Shuningdek, oʻsmirlar toifasidagi bahslarda 18-reytingda joylashgan Nikita Belozersev ham qatnashadi.

Text to speech