18 May 2026 69

Sayfullayeva hamda Anvarov Osiyo chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritishdi

Xitoyning Chunsin shahrida yengil atletikaning sakrash dasturlari boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkazilmoqda. Ilk bor alohida tartibda tashkil etilgan ushbu qit’a birinchiligining dastlabki kunida Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta oltin medalga sazovor boʻldi.

Balandlikka sakrash sektorida Barnoxon Sayfullayeva 1.83 metr natija bilan eng yuqori natijani qayd etib, Osiyo chempionligiga erishdi. Kuni kecha oʻtkazilgan “Brilliant liga”ning ilk bosqichida shohsupaga koʻtarilgan Anvar Anvarov joriy musobaqada 8.06 metr bilan zafar quchdi.

Text to speech