18 May 2026 213

Olimpiya harakati fidoyisi Elvira Aliyevaning 70 yilligiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

Oʻzbek sporti va Olimpiya harakati rivojiga munosib hissa qoʻshgan tajribali mutaxassis Elvira Aliyeva 70 yoshga toʻldi. Shu munosabat bilan bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida uni yubiley bilan muborakbod etishga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Bahodir Maxsitov boshchiligidagi sport faxriylari, qoʻmita mutaxassislari hamda yubiley egasining koʻp yillik hamkasblari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Oybek Kasimov sport faxriysi, sobiq basketbolchi Elvira Aliyevaning mamlakatimizda Olimpiya harakatini rivojlantirish yoʻlidagi samarali va koʻp yillik mehnatini alohida eʼtirof etib, unga Oʻzbekiston MOQning esdalik medalini topshirdi. Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan faxriylar ham E.Aliyevani yubiley bilan qutlab, unga uzoq umr tilashdi.

Text to speech