3 May 2026
154
Kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Sharqiy Osiyo safariga yoʻl oldi
5-10-may kunlari Xitoyning Shanxay shahrida kamondan otish boʻyicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtadi. Mazkur musobaqada qatnashadigan Oʻzbekiston terma jamoasi Xitoyga joʻnab ketdi.
Jamoamiz ushbu turnirdan keyin Janubiy Koreyaning Inchxon shahriga uchib ketadi. U yerda sportchilarimiz qisqa oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashib, “Gyeyang Open” turnirda ishtirok etishadi.
Terma jamoamiz yoʻl olgan tarkib quyidagicha:
Amirxon Sodiqov
Bekzod Boborajabov
Muhammadqodir Ergashev
Oʻtkirjon Hoshimov
Ziyodaxon Abdusattorova
Nilufar Hamroyeva
Diana Fotihova
Sabina Joʻraqulova