17 May 2026
123
Ogʻir atletikachilarimiz Osiyo chempionatida 6 ta medal jamgʻarishdi
Hindistonning Gandhinagar shahrida ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionati yakunlandi. Musobaqaning soʻnggi kunida +110 kg vazn toifasidagi bahslarda qatnashgan yurtdoshimiz Amir Abdullayev dast koʻtarish mashqida 189 kg natija qayd etib, kumush medalga sazovor boʻldi.
Shu tariqa, bu yilgi qit’a birinchiligida 6 nafar sportchi bilan ishtirok etgan terma jamoamiz 1 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqdi.