24 Noyabr 2026 79

Sport vazirligida flag futbolni rivojlantirişga doir taqdimot ötkazildi

Tadbirda Vazir Adham Ikramov, MOQ Boş kotibi Oybek Kasimov, mamlakat amerika futboli va flag futbol federatsiyasi raisi Iqboljon Mamajonov iştirok etişdi.

Taqdimotda Los-Anjeles-2028 Olimpiya öyinlari dasturiga kiritilgan mazkur sport turi rivojining bugungi kundagi holati, uni mamlakatimizda yanada ommalaştirişga doir masalalar atrofliça körib çiqildi.

Federatsiya tomonidan bugungi kunda 3.8 ming nafar hamyurtimiz mazkur sport turi bilan şuğullanayotgani, Respublikamizning 12 ta hududida bölinmalar faoliyat olib borayotgani maʼlum qilindi.

Uçraşuv yakunida A.Ikramov flag futboli infratuzilmasini kengaytiriş, mutaxassislarning malakasini oşiriş, terma jamoalarni xalqaro musobaqalarga puxta tayyorlaşga doir körsatmalarni berib ötdi.

Maʼlumot uçun, flag futbol XX asrning örtalarida AQŞda paydo bölgan sport turi hisoblanadi. Unda har bir jamoa tarkibida 5 nafardan sportçi kontaktsiz raqib tanasidagi tasmani (yoki bayroqçani) tortgan holda hujumini töxtatişi va töpni raqib hududiga olib kiriş orqali oçko töplaşi kerak böladi.

Text to speech