24 Noyabr 2026 117

XOQ Dolomiti-Valtellina-2028 yoşlar qişki Olimpiya öyinlari taqvimini tasdiqladi

Xalqaro Olimpiya qömitasi (XOQ) 2028-yili ötkaziladigan yoşlar örtasidagi qişki Olimpiada taqvimi haqida ma'lumot berdi. Unga köra, Italiyaning Dolomiti toğlari va Valtellina vodiysi mezbonlik qiladigan öyinlar 2028-yilning 21–29-yanvar kunlari oraliğida taşkil etiladi.

Sakkiz kun davom etadigan V yoşlar qişki Olimpiadasida 1 600 nafar sportçi qatnaşişi belgilangan. Eslatib ötamiz, sönggi öyinlar 2024-yilning 19-yanvar — 1-fevral kunlari Koreya Respublikasining Kanvon şahrida ötkazilgan.

Text to speech