22 Noyabr 2026
94
Ot sporti: Yevrosiyo ligasi finalida 6 ta medal qölga kiritildi
Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida ot sportining tösiqlardan sarkaş yönalişi böyiça “FEI Jumping World Cup Eurasian League Final CSI-W LF Astana 2026” xalqaro turniri nihoyasiga yetdi. Tört kun davom etgan musobaqada hamyurtlarimiz 2 ta oltin, 3 ta kumuş va 1 ta bronza medallariga ega çiqişdi:
🥇 Oltin medal:
— 125 sm (tösiq balandligi): Alişerjon Erkinjonov (“Cool dancer” laqabli otda)
— 130 sm: A’zam Tolibboyev (“Lady”)
🥈 Kumuş medal:
— 145 sm va 150 sm balandlikdagi tösiqlarda: Bekzod Qurbonov (“Santos Hippica”)
— 125 sm: A’zam Tolibboyev (“Lady”)
🥉 Bronza medal:
— 140 sm: Bekzod Qurbonov (“Santos Hippica”)