Milliy Olimpiya qömitasida antidoping masalalariga bağişlangan xalqaro vebinar ötkazilmoqda
Bugun Milliy Olimpiya qömitasida “Yangilanayotgan kodeks va xalqaro standartlar: taʼlim, ADAMS va terapevtik istisno” mavzusida xalqaro vebinar öz işini boşladi. Tadbir sportda dopingga qarşi kuraşiş tizimini takomillaştiriş, xalqaro talablar va standartlar böyiça mutaxassislarning bilim va könikmalarini oşirişga qaratilgan.
Sport vaziri Adham Ikramov oçib bergan vebinarda Özbekiston Milliy antidoping agentligi va Paralimpiya qömitasi rahbariyati bilan bir qatorda Butunjahon antidoping agentligi (WADA), Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping taşkiloti (RADOCA) hamda Turkiya Milliy antidoping assotsiatsiyasi mutaxassislari iştirok etişmoqda. Şuningdek, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari, sport federatsiya va assotsiatsiyalari hamda hududiy sport boşqarmalarining masʼul xodimlari ham vebinarni kuzatib bormoqdalar.
Tadbir davomida yangilanayotgan Jahon antidoping kodeksi, xalqaro standartlar, ADAMS axborot tizimidan foydalaniş tartibi va terapevtik istisno (TUE) masalalari yuzasidan fikr almaşilyapti. Xalqaro ekspertlar iştirokida taşkil etilayotgan mazkur vebinar milliy sport tizimida antidoping madaniyatini yuksaltiriş, mutaxassislar salohiyatini oşiriş hamda xalqaro talablarni amaliyotga samarali tatbiq etişga qaratilgan.