18 Noyabr 2026
133
Dzyudo böyiça yoşlar örtasidagi dunyo birinçiligi bahslariga qurʼa taşlandi
Ertaga Toşkentda dzyudo böyiça yoşlar örtasidagi jahon çempionati start oladi. Bugun musobaqadan avval har bir vazn toifasiga qurʼa taşlaş marosimi bölib ötdi.
Mazkur jarayonda Xalqaro dzyudo federatsiyasi rasmiylari qatorida Özbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Boş kotibi Oybek Kasimov hamda mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilovlar iştirok etişdi.
Rasmiylar öz nutqlarida mamlakatimizda ilk bor taşkil qilinayotgan musobaqaga yuqori darajada hozirlik körilgani, mehmonlar uçun barça şaroitlar yaratilganini taʼkidlaşdi.
Yakuniy maʼlumotlarga köra, dunyo birinçiligida 78 mamlakatdan 574 nafar sportçi ğoliblik uçun bahs olib boradi. Qurʼa natijasi bilan uşbu havola orqali tanişib olişingiz mumkin.