15 Noyabr 2026
210
Muhammadqodir Abdullayevni tabriklaymiz!
Bugun yozgi Olimpiya öyinlarida Özbekiston delegatsiyasiga dastlabki oltin medalni taqdim qilgan boksçi (Sidney-2000), Bangkok-1998 yozgi Osiyo öyinlari ğolibi, jahon çempioni, “Şuhrat” medali, “El-yurt hurmati” ordeni, “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sportçi” va “Özbekiston iftixori” faxriy unvonlari sohibi Muhammadqodir Abdullayev tuğilgan kunini nişonlamoqda.
Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi boksçimizni bugungi ayyom bilan qutlab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.