6 Noyabr 2026 80

Akbar Jörayev – 4 karra jahon çempioni!

Oğir atletika böyiça Özbekiston terma jamoasi a’zosi Akbar Jörayev Xitoyning Ninbo şahrida yakuniga yetib borayotgan jahon çempionatida oltin medalni qölga kiritdi. Hamyurtimiz -110 kg vazn toifasida iştirok etib, törtinçi bor dunyoda tengsiz ekanini isbotladi.

Dastlab dast kötariş maşqida 198 kg bilan jahon rekordini yangilagan Akbar siltab kötarişda ham fenomenal çiqişini davom ettirdi. Ikkinçi dasturdagi 234 kg va umumiy 432 kg bilan Jörayev yana ikki yönalişda birinçi böldi va mutlaq çempionlikka erişdi. Uning ikki kuraşdagi 432 kg natijasi mazkur yönalişdagi yangi jahon rekordiga aylandi.

Mazkur dunyo birinçiligi Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya öyinlari uçun qimmatli reyting oçkolarini taqdim etişi bilan yanada ahamiyatli edi. Hamyurtimiz 2 ta jahon rekordi bilan qöşimça bonus oçkolariga ham ega bölmoqda. Barakalla, Akbar!

Text to speech