15 May 2026
91
Yosh bokschilarimiz qit’amizda tengsiz ekanliklarini yana isbotlashdi
Boks bo‘yicha poytaxtimizda o‘tgan o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yuqori saviyada tashkil etildi. Yoshlarimiz har ikki toifada ham yuksak mahorat ko‘rsatib, qit’amizda tengsiz ekanliklarini namoyish etishdi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan mamlakat boks federatsiyasi, yosh sportchilarimiz va ularning murabbiylarini samimiy qutlab qoladi.