16 May 2026 133

Zokirova va Sherzodova qatorasiga ikkinchi bor Jahon kubogida shohsupaga koʻtarilishdi

Germaniyaning Brandenburg shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha Jahon kubogi bosqichida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari navbatdagi medalga sazovor boʻlishdi.

Ayollar oʻrtasida 200 metr masofaga juftlikda kechgan kanoechilar bahsida yurtdoshlarimiz Nilufar Zokirova hamda Shohsanam Sherzodova bronza medalini qoʻlga kiritishdi.

Kanoeda eshkak eshish boʻyicha JK
200 metr, ayollar juftlik:


🥇 Ch.Shuay / V.Lin (Xitoy) – 42.88
🥈 D.Sirilo / I.Lopez (Kuba) – 43.03
🥉 N.Zokirova / Sh.Sherzodova (Oʻzbekiston) – 43.71

Text to speech