16 May 2026
127
Muhammadqodir Toshtemirov Osiyo chempionatida kumush medalga ega chiqdi
Hindistonning Gandxinagar shahrida oʻtayotgan ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionatida yana bir medal qoʻlga kiritildi. Erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan -94 kg vazn toifasining dast koʻtarish mashqida Muhammadqodir Toshtemirov kumush medalga sazovor boʻldi.
Yurtdoshimiz ushbu mashqda 166 kg toshni koʻtarishga erishdi. Toshtemirov endi silta koʻtarish mashqi va ikki kurash boʻyicha ham medallar uchun kurashni davom ettiradi.