21 Oktyabr 2026 51

Bugun taekvondochilarimiz “Qatar Open” turnirida qatnashishadi

Bugun Qatar poytaxti Doxa shahrida taekvondo WT boʻyicha “Qatar Open” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtadi. Mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etishadi. Mamlakat taekvondo WT assotsiatsiyasining maʼlum qilishicha, kun davomida quyidagi sportchilarimiz medallar uchun jang olib borishadi:

Erkaklar:
-68 kg: Omadbek Otabekov
-68 kg: Diyorbek Toʻxliboyev
-74 kg: Najmiddin Qosimhojiyev
-87 kg: Yodgorbek Joʻraboyev

Ayollar:
-57 kg: Shabbona Abduvaliyeva
-57 kg: Madina Mirabzalova
-62 kg: Mohidil Oʻktamjonova
-62 kg: Diyora Azizova
+73 kg: Svetlana Saidova

Text to speech